Yoshlar bilan ochiq muloqot qilindi
2026-10-08 15:40:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston tumanida “Yoshlar kuni” doirasida mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimining o‘rinbosari Muslimbek Ahmedov, yoshlar ishlari bo‘limi, tuman davlat soliq inspeksiyasi va boshqa daxldor tashkilotlar mas’ullari ishtirok etdi.
Ochiq muloqotda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, zamonaviy kasblarni egallashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi. Yoshlar bandligini ta’minlashda mahalla soliqchilarining o‘rni va hissasiga oid yangi tartib mezonlari tushuntirildi.
Tadbir doirasida tumandagi mavjud bo‘sh o‘rinlari haqida ma’lumotlar berilib, qiziqish bildirgan yoshlarni kasb va ish o‘rinlariga yo‘naltirildi.
Ochiq muloqot davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan batafsil javoblar berildi.









