Yoshlar salomatligi - e’tibor markazida
2026-10-07 09:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston tumanidagi 3-sonli texnikum hamda tuman Madaniyat markazida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni ongini giyohvandlikdan himoya qilish va zararli odatlarning oldini olishga qaratilgan ma’rifiy-targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Ushbu tadbirlar tuman hokimligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Ichki ishlar bo‘limi, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda tibbiyot birlashmasi kabi hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan o‘tkazildi.
Targ'ibot tadbirlarida o‘quvchi-yoshlar, ustoz va pedagoglar, mas’ul xodimlar hamda soha vakillari faol ishtirok etdi.
Jarayonlarda giyohvandlik va boshqa zararli odatlarning inson salomatligi, ruhiy holati, oilaviy muhit va kelajak hayotiga salbiy ta’siri haqida batafsil tushunchalar berildi. Yoshlar bunday illatlardan yiroq bo‘lish, o‘z salomatligiga mas’uliyat bilan yondashish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli va foydali mashg‘ulotlarga yo‘naltirishga chaqirildi.
Namoyish etilgan videofilm orqali yoshlar zararli odatlarning inson taqdiri va jamiyat hayotiga ta’siri haqida yanada aniq tasavvurga ega bo‘ldilar.









