“Gender tenglik faoli” milliy tanlovining tuman bosqichi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
2026-09-30 18:45:00 / Yangiliklar

An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Gender tenglik faoli” milliy tanlovining O‘zbekiston tumani bosqichi doirasida tuman komissiyasining yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda tanlovda tanlovda ishtirok etish uchun tashkilot va muassasalar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Tanlov ishtirokchilari hisoblangan davlat organlari va tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik sub’yektlari hamda boshqa muassasalarning gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirgan ishlari o‘rganildi. Ishtirokchilarning yo‘nalish bo‘yicha tashabbuslari va erishgan amaliy natijalari belgilangan mezonlar asosida baholandi.
Qayd etish joiz, mazkur tanlov xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini mustahkamlash maqsadida gender tenglik hamda oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi tashabbusi bilan har yili an’anaviy ravishda tashkil etib kelinmoqda.




