Viloyat hokimining o‘rinbosari O‘zbekiston tumanida xotin-qizlar murojaatlarini o‘rgandi
2026-09-08 17:40:00 / Yangiliklar

Ayollar bilan tizimli va samarali muloqot tashkil etish, ularning muammolarini tinglash va hal etish maqsadida bugun Farg‘ona viloyat hokimining o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Komila Kavlonova O‘zbekiston tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.
Unda ishtirok etgan xotin-qizlar o‘zlarini qiynab kelayotgan ijtimoiy-huquqiy masalalarga oid 15 dan ortiq murojaatlarini viloyat hokimining o‘rinbosariga bildirdi.
Ko‘tarilgan har bir masala mutasaddilar ishtirokida tahlil qilinib, ba’zi murojaatlar shu yerning o‘zida ijobiy yechim topdi.
Qo‘shimcha o‘rganish va ma’lum vaqt talab etadigan murojaatlarni ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shu kuni viloyat hokimining o‘rinbosari ishtirokida “Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovining tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan bir guruh faol xotin-qizlarga maxsus vaucherlar ham taqdim etildi. Mahallalardagi tadbirkor ayollarning faoliyatlari bilan tanishildi.






