"Besh tashabbus olimpiadasi”da salmoqli natijalarga erishgan O‘zbekiston tumanilik o‘g‘il-qizlar e’tirof etildi
2026-09-03 14:20:00 / Yangiliklar

Joriy yilda ham “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan turli sport musobaqalari va madaniy-ma’rifiy tanlovlarda O‘zbekiston tumani yoshlari faol ishtirok etdi.
Bugun, "Payshanba – Yoshlar kuni" tadbirlari doirasida ana shu yoshlardan bir guruhini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimining o‘rinbosari Muslimbek Ahmedov, tuman Investisiyani jalb qilish va eksport shoʻbasi mudiri Jaxongir Akramov, Yoshlar ishlari bo‘limi mutasaddilari ishtirok etdi.
Marosimda so‘z olgan mutasaddilar yoshlarning erishgan yutuqlari bilan samimiy qutlab, ularga kelgusida bundan-da ulkan zafarlar yor bo‘lishiga tilaklar bildirildi.
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan “Yoshlar ovozi” tanlovi hamda sportning yengil atletika turi bo‘yicha musobaqalarning tuman, viloyat va Respublika bosqichlarida faol ishtirok etib, salmoqli natijalarni qo‘lga kiritgan 30 nafardan ziyod yoshlar munosib taqdirlandi.









