O‘zbekiston tumani hokimi Rasuljon Jo‘rayev xitoylik investorlarni qabul qildi
2026-05-20 17:10:00 / Yangiliklar

Xitoylik ishbilarmonlar ta’sischiligida ochilgan "Yun Peng issiqlik izoliyatsiyasi qurilish materiallari" MCHJ HK korxonasi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv tumanimiz delegatsiyasining o‘tgan yilning dekabr oyida Anxoy viloyatiga tashrifidagi muzokaralarning mantiqiy davomi sifatida tashkil etildi.
Muloqotlarda qurilish sohasida hamkorlikni kengaytirish, xususan "Sho‘rsuv" kichik sanoat zonasi hududida qurilish materiallari, jumladan avtoklav gazablok va boshqa turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.


