Xotin-qizlar faollari sport tadbirlarida ham faol ishtirok etmoqda
2026-04-18 15:35:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston tumanida jismoniy tarbiya va sport sohasini yangi bosqichga ko‘tarish, aholini ommaviy sportga keng jalb etish hamda sport infratuzilmalaridan samarali foydalanishga qaratilgan turkum tadbirlar keng quloch yoydi.
Mahalla va maskanlarda aholining keng qatlamini jalb etgan holda, mehnat jamoalarida esa ishchi-xodimlar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazilib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bugun mahalladagi xotin-qizlar faollari ishtirokida tashkillangan sport tadbirlari ham ayni shu ezgu va dolzarb maqsadga qaratildi. Tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda sport maktabi hamkorligi o‘tkazilgan tadbir avvalida ishtirokchilar o‘rtasida ommaviy badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Xotin-qizlar faollari jismoniy faollikni oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda jamoaviy muhitni mustahkamlashga oid turli mashqlarni bajarib, qator sport turlari bo‘yicha bellashdilar.






