Olis Komilcho‘li qishlog‘ida tuman hokimi va adliya boshqarmasi rahbariyatining sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi
2026-04-03 17:30:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston tumanida aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash hamda bartaraf etishga qaratilgan manzilli tadbirlar davom etmoqda.
Bugun tuman hokimi Ravshanbek Begmatov, tuman prokurori Obidjon Sobirov, tuman davlat soliq inspeksiyasi rahbari Azamjon Turonov va viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Abdulhamid Omonov ishtirokida tuman markazidan eng olis hududlaridan biri, “Namuna” mahalla fuqarolar yig‘inidagi Komilcho‘li qishlog‘ida o‘tkazilgan navbatdagi sayyor qabul ham ayni shu maqsadga qaratildi.
Tuman hokimi o‘rinbosarlari, mutasaddi tashkilot rahbarlari jalb etilgan qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan mahalla infratuzilmasini yaxshilash, chiqindi tashishni tartibga solish, moddiy yordam, bank krediti va kadastr kabi masalalarga oid 20 ga yaqin murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Qabul davomida murojaatlarning ba’zilari o‘z yechimini topgan bo‘lsa, hal etilishi uchun muddat talab etiladigan murojaatlar mutasaddilarga qo‘shimcha o‘rganish uchun yo‘naltirilib, ijrosi tegishlicha nazoratga olindi. Jarayonlarda fuqarolarga huquqiy ko‘mak va tavsiyalar berishga ham asosiy e’tibor qaratildi.






