Joriy yilning 29–31-mart kunlari “Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon Do‘stlik forumi” tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.
2026-03-30 13:15:00 / Yangiliklar

Forumning dastlabki tadbiri O‘zbekiston tumanida joylashgan “Do‘stlik stelasi” poyiga gul qo‘yish marosimidan boshlandi.
Tadbirda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon kabi davlatlardan tashrif buyurgan olimlar, ekspertlar hamda xorijiy hamkor tashkilotlarning vakillari, davlat va jamoat tashkilotlari, milliy madaniy markazlar, do‘stlik jamiyatlari rahbarlari, OAV vakillari ishtirok etmoqda.






