Yoshlar kuni: “Prezident olimpiadasi” sport musobaqalarining saralash bosqichi qizg‘in davom etmoqda
2026-03-26 18:50:00 / Yangiliklar

Avval xabar berilganidek, kuni-kecha “Yangi O‘zbekiston olimpiya cho‘qqilari” hamda “Prezident olimpiadasi” sport musobaqalarining 2026 yilgi mavsumi boshlandi.
Uch tizim asosida bo‘lib o‘tayotgan musobaqalarning saralash bosqichi-“O‘zbekiston tuman hokimi olimpiadasi”da ham tuman yoshlari sportning 10 dan ziyod turi bo‘yicha qizg‘in bahslarda faol ishtirok etmoqda.
Bugun, “Yoshlar kuni” doirasida sport tadbirining dzyudo bo‘yicha musobaqalari start oldi. Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi Ravshanbek Begmatov barcha o‘g‘il-qizlarga omadlar tiladi.
Tuman sport maktabi bo‘lib o‘tayotgan musobaqalarda 13-14 yoshli dzyudochi qizlar va o‘g‘il bolalar murosasiz bahslarga kirishdilar.





