Yoshlar kuni: “Yoshlar kuni” sog‘lomlashtirish tadbirlari bilan boshlandi
2026-03-26 09:30:00 / Yangiliklar

Bugungi “Yoshlar kuni” O‘zbekiston tumanida sog‘lomlashtirish tadbirlari bilan ko‘tarinkilikda boshlandi.
Erta tongdan “O‘zbekiston” o‘yingohida start olgan tadbirda tuman hokimi Ravshanbek Begmatov, muassasalar mas’ullari, yoshlar va keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Ishtirokchilar “Sog‘lom hayot sari 5000 qadam” marafoni doirasida o‘yingoh bo‘ylab 5000 qadam bosib o‘tdi.
Tadbir doirasida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari ham tashkil etildi.






