Korrupsiya – jamiyat taraqqiyoti kushandasi
2026-03-27 14:20:00 / Yangiliklar

Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyevning 2025 yil 26 dekabrdagi Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida korrupsiyaga yo‘l qo‘yish – islohotlarga xiyonat hisoblanishi ta’kidlanib, mamlakatimizda bu illatga qarshi kurashish bo‘yicha joriy yilda “favqulodda holat” e’lon qilindi.
Korrupsiyaga qarshi kurash bu mavsumiy tadbir bo‘lmasligi, aslo susaymasligi lozim. Nafs bandalari sal nafaslarini rostlab olishga imkon topdimi, bo‘ldi – har qanday ezgulik yo‘lida ko‘ndalang bo‘lib turaveradi. Adolatni oyoqosti qiladi. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, davlatchiligimizga, fuqarolarimizni bo‘layotgan ulkan islohotlarga va kelajakka ishonchini yo‘qqa chiqaradi. Eng yomoni, jamiyat parokandalikka yuz tutadi. Shuning uchun ham mamlakatimizda 2026 yilda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha “favqulodda holat”ga barchamiz ko‘chada bo‘lamizmi, ishda bo‘lamizmi, hatto oilamizda bo‘lsak ham o‘ta jiddiy munosabat bilan qarashimiz ta’lab etiladi. Shundagina, fuqarolarimiz, kerak bo‘lsa o‘zimiz ham ertangi kunga, farzandlarimiz kelajagiga ishonch bilan qaray boshlaymiz. Faqat, kelgusida emas, balki bugundan boshlab jamiyatimizda yorqin hayot va yaxshi turmush kechira boshlaymiz.
Har qanday davlat va jamiyat kushandasi bo‘lgan korrupsiya illatiga qarshi kurash bu faqat davlat boshlig‘i yoki huquq-tartibot organlarini ishi bo‘lib qolmasligi kerak. Agar shunday deb o‘ylasak xato qilgan bo‘lamiz. Ta’bir joiz bo‘lsa, bu ish butun jamiyat a’zolarini, shu Vatanning har bir ongli fuqarosini, farzandlari kelajagiga befarq bo‘lmagan insonlarning kundalik vazifasiga aylanmog‘i kerak.
Korrupsiya- bu shaxsning o‘z xizmat mavqeini shaxsiy manfaatlari yoki boshqa noqonuniy maqsadlarida suiiste’mol qilishi. Odatda korrupsiya davlat idoralari, biznes, ta’lim, sog‘likni saqlash kabi sohalarda yuzaga keladi va jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy hamda siyosiy rivojlanishiga jiddiy zarar yetkazadi. Korrupsiya har qanday jamiyatda uchrashish mumkin, lekin uning darajasi va ko‘lami turlicha bo‘lishi mumkin.
Korrupsiya shakllari:
Korrupsiya turli shakllarda namoyon bo‘ladi. Eng keng tarqalgan shakllari:
1)poraho‘rlik-mansabdor shaxsning moddiy yoki boshqa foyda evaziga noqonuniy qarorlar qabul qilishi yoki xizmat ko‘rsatishi;
2) mansab vakolati suiste’mol qilish - mansabdor shaxslarning o‘z vakolatlarini shaxsiy yo ki gurux manfaatlari yo‘lida noto‘g‘ri ishlatish;
3) davlat mablag‘larining o‘zlashtirish-davlat yoki tashkilot mablag‘laridan noqonuniy foydalanish;
4) nepotizm(o‘zining yaqin qarindoshlari yoki do‘stlariga noqonuniy imtiyozlar berish maqsadida hokimiyatdan foydalanish yoki ta’sir o‘tkazish) va favoritizm(bitta shaxs yoki shaxslar guruhi manfaatlariga ustivor ahamiyat qaratish)- oila a’zolar, do‘stlari yoki tanishlariga imtiyozlar yaratish,
5) qonunlar va siyosiy tizimni buzish-davlat boshqaruv tizimini ataylab zaiflashtirish yoki o‘zlashtirish orqali noqonuniy maqsadlarga erishishi.
Korrupsiya sabablari:
Korrupsiya kelib chiqishi ko‘p omillarga bog‘liq bo‘lib, asosiy sabablar quyidagilardan iborat:
Tizimli va institusional zaiflik-qonunlar va nazorat mexanizmlarining yetarlicha kuchli bo‘lmasligi korrupsiyaga yo‘l ochadi;
Ma’lumot va shaffoflik yetishmasligi- davlat va xususiy tashkilotlarning faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratning yetarli darajada emasligi;
Iqtisodiy omillar-kam maosh, ishchilari va iqtisodiy muammolar korrupsiyaga undaydi;
Madaniy va ahloqiy qadriyatlarning buzilishi- korrupsiyani ijtimoiy norma sifatida qabul qilish, uning jiddiy salbiy oqibatlarini tan olmaslik.
Jazo muqarrarligining yo‘qligi-korrupsiya sodir etgan shaxslarga nisbatan yetarlicha jazo qo‘llanilmasligini bu holatni rag‘batlantiradi.
Korrupsiya oqibatlari:
-iqtisodiy rivojlanishning sekinlashuvchi;
-ijtimoiy tengsizlikning kuchayishi;
-davlat boshqaruv tizimiga ishonchning pasayishi,
-investisiyalar va biznes muhitning zaiflashishi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, korrupsiya jamiyat uchun jiddiy xavf hisoblanadi. Uning oldini olish uchun qonunlarni takomillashtirish, nazorat tizimlarni kuchaytirish, jamoatchilik ishtirokini oshirish hamda shaffoflikni ta’minlash zarar. Ush bilan birga axloqiy qadriyatlarni rivojlantirish va korrupsiya bilan bog‘liq har qanday harakatga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhim ahamiyatga ega.
Demak, har birimiz, xoh mansabdor shaxs bo‘laylik, xoh oddiy fuqaro bundan o‘zimiz uchun tegishli xulosa chiqarishimiz vaqti keldi.
U.Xo‘jaqulov
Farg‘ona viloyat sudi sudyasi
