Obodlik qahramonlariga ehtirom ko‘rsatildi
2026-03-07 11:50:00 / Yangiliklar

8 mart-Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami arafasida O‘zbekiston tumani hokimi Ravshanbek Begmatov tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimalari bilan uchrashib, ularga ehtirom ko‘rsatdi.
Tuman hokimi boshqarma xotin-qizlarini go‘zallik ayyomi bilan samimiy qutladi. Tumanimiz obodligi va ozodaligi yo‘lida doimo halol va zahmatli mehnatlari ishtirok etib kelayotgan barcha xodimalar har qancha e’zoz va ehtiromga loyiq ekanligi ta’kidlandi.
Boshqarmada faoliyat yurituvchi 175 nafar xotin-qizlarga bayramning eng iliq va ezgu tilaklari bildirilib, gullar va esdalik sovg‘alari tortiq qilindi.






