Yoshlar yetakchilari sifatida faoliyat yuritayotgan ayollar e’tirof etildi
2026-03-07 09:05:00 / Yangiliklar

Bahor faslining eng go‘zal bayramlaridan biri - 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami O‘zbekiston tumanida keng nishonlanmoqda.
Bayram munosabati bilan mahalla va mehnat jamoalarida aziz opa-singillar, muhtarama ayollarga ehtirom ko‘rsatilmoqda.
Tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida yoshlar yetakchisi vazifasida ishlovchi ayollarga ham tuman hokimining bayram qutlovlari yetkazildi. Yoshlar yetakchilariga kelgusi ishlarida ulkan omadlar, mahallaning haqiqiy islohotchisi bo‘lishda tashabbuskorlik va zafarlar tilandi.


