“Ilm va ayol: Barqaror jamiyat sari” mavzusidagi uchrashuv
2026-02-12 09:00:00 / Yangiliklar

11 fevral - Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston tumanidagi 2-sonli texnikumda “Ilm va ayol: Barqaror jamiyat sari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda texnikum rahbariyati tashabbusi bilan o‘quvchi qizlarni ilm-fanga jalb etish, ularning o‘z ustida izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim olishda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish va kasbiy fidoyiligini oshirish maqsadida tashkillandi.
Ta’kidlanganidek, ilmli va faol xotin-qizlar barqaror jamiyatni shakllantirishda muhim kuch hisoblanadi.
Ilmi, ijodi va mehnati bilan yuksak muvaffaqiyatlarga erishgan taniqli ayollarning faoliyatlari, boy ilmiy-ma’naviy meroslari haqida o‘quvchi qizlarga ma’lumotlar berildi.



