Fuqarolar qabuli muammolar yechimiga xizmat qilmoqda
2025-12-25 17:35:00 / Yangiliklar

Bugun O‘zbekiston tumani hokimi Ravshanbek Begmatov ishtirokida aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va hal etish maqsadida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabulda tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Sodirjon Abdullayev, davlat soliq inspeksiyasi rahbari Ulug‘bek Fozilov, hokim o‘rinbosarlari, mutasaddi tashkilot va muassasalar vakillari ham ishtirok etdi.
Jarayonlarda fuqarolar tomonidan bildirilgan moddiy yordam, ish haqini undirish, bandlikni ta’minlash, bank ishi va hududlar infratuzilmasini yaxshilash kabi masalalarga oid taklif va murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Har bir murojaat ijrosini muddatidan kechiktirmay ta’minlash bo‘yicha aniq choralar belgilanib, daxldor mutasaddilar biriktirildi.





