Yoshlar muammolari doim e’tiborda
2025-11-15 13:40:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston tumani hokimi Ravshanbek Begmatov bugun alohida toifadagi bir guruh yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda yoshlar masalasiga taalluqli tuman mutasaddilari va bandlikni ta’minlash bo‘yicha alohida toifadagi bir guruh yigit-qizlar ishtirok etdi.
Yoshlarning muammo va takliflari eshitilib, har bir murojaat yuzasidan manzilli choralar belgilanib, uning ijrosi bo‘yicha mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi.
Shuningdek uchrashuv davomida yoshlar siyosati sohasidagi barcha masalalar chuqur tahlil etilib, mas’ullarning axborotlari eshitildi. Uchrashuvda ishtirok etgan yoshlar yetakchilarining ish samaradorligi sarhisob qilindi. Yoshlar bilan ishlash borasida yil yakuniga qadar amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.






