YANGI ALIFBO — MILLIY TILIMIZ RAVNAQI VA KELAJAK SARI MUHIM QADAM!
2026-10-24 09:25:00 / Yangiliklar

Özbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini mustahkamlaş, yozuv me’yorlarini takomillaştiriş va ona tilimizning zamonaviy raqamli makondagi imkoniyatlarini kengaytiriş yölida yana bir muhim qadam taşlandi.
2026-yil 21-oktabrda qabul qilingan ÖRQ-1184-son Qonun bilan lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosining yangi tahriri belgilandi. Unga ko‘ra, avvalgi 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi örniga 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisi joriy etilmoqda.
📚 YANGI TAHRIRDAGI HARFLAR:
O‘ o‘ → Ö ö
G‘ g‘ → Ğ ğ
Sh sh → Ş ş
Ch ch → Ç ç
Mazkur o‘zgarişlar yozuvdagi noqulayliklarni kamaytiriş, imlo qoidalarini takomillaştiriş hamda o‘zbek tilidan axborot texnologiyalarida foydalanişni yengillaştirişga xizmat qiladi.
Eng muhimi, Qonunning 2-moddasiga muvofiq, avvalgi yozuvda rasmiylaştirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlar öz yuridik kuçini saqlaydi. Ötish jarayoni bosqiçma-bosqiç amalga oshiriladi. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan olti oy ötgaç, 2027-yil 22-apreldan kuçga kiradi.
Işonamizki, uşbu islohot ona tilimizga bölgan mehr va e’tiborni yanada kuçaytirib, milliy özligimizni mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Ona tilimiz — milliy ğururimiz, ma’naviy boyligimiz va kelajagimiz poydevoridir!
Yangiyer şahar hokimining ma’naviyat va davlat tili masalalari böyicha maslahatçisi O.Xolvoyev
