Fuqaro murojaati: ishga joylashish masalasi muhokama qilindi
2026-10-21 12:25:00 / Yangiliklar

Yangiyer shahar hokimi o‘rinbosari Iroda Navruzova belgilangan reja-jadvalga muvofiq fuqarolarning shaxsiy qabulini o‘tkazdi. Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli masalalar muhokama qilindi.
Xususan, Navro‘zobod mahallasida yashovchi Hulkar Akramova o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashish masalasida murojaat qildi. U amaliy psixologiya yo‘nalishida tahsil olib, o‘qishni tamomlagach, mutaxassisligi bo‘yicha faoliyat yuritish istagini bildirdi.
Murojaat atroflicha muhokama qilinib, fuqaroning o‘qishni tamomlaganidan so‘ng mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashish masalasini qayta ko‘rib chiqishga kelishib olindi.
