O‘zbek tili — milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!
2026-10-20 14:00:00 / Yangiliklar

Bugun Yangiyer shahrida 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunning 37 yilligi munosabati bilan "O‘zbek tili — milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli" shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida shahar hokimi Otabek Nosirov so‘zga chiqib, barchani bayram bilan samimiy muborakbod etdi. Shahar hokimi o‘z nutqida Oʻzbek tilining davlat tili sifatida siyosiy-huquqiy, iqtisodiy-ijtimoiy va maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi o‘rni katta ekanini, xalqaro minbarlardan o‘zbek tilining baralla yangrayotgani barchamiz uchun g‘urur va quvonch manbai ekanini ta'kidladi.
Tadbir davomida yoshlar, O'zbek milliy maqom san'ati markazi Sirdaryo viloyati hududiy bo'limi ansanbli, shahar Madaniyat bo‘limi san'atkorlari tomonidan o‘zbek tilini madh etuvchi qo‘shiqlar ijro etildi va tashkil etilgan sahna ko‘rinishlari esa barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.









