Qizlar kamoloti — jamiyat taraqqiyoti
2026-10-13 17:50:00 / Yangiliklar

11 oktabr — Xalqaro Qizlar kuni munosabati bilan Yangiyer sanatoriyasida qizlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yosh qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim olishga, kasb-hunar egallashga va o‘z iqtidorlarini namoyon etishga bo‘lgan intilishlarini rag‘batlantirishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuv davomida qizlarning jamiyatdagi o‘rni, zamonaviy bilim va kasblarni egallash, sog‘lom turmush tarziga amal qilish, milliy va ma’naviy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol topishi masalalari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir samimiy muloqotlar, qiziqarli suhbatlar va ma’naviy-ma’rifiy chiqishlarga boy bo‘ldi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar olib, kelgusidagi maqsad va orzulari haqida fikr almashdilar.
Zero, har bir qiz — yurt kelajagi, oila va jamiyatning ertangi kunini bunyod etuvchi buyuk kuchdir!





