Murojaat ortidan amaliy chora
2026-09-30 13:45:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 28-sentabr kuni Yangiyer shahar hokimi Otabek Nosirov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yangiyer shahridagi Xalq qabulxonasida fuqarolarning shaxsiy qabulini o‘tkazdi.
Unda 14 nafar fuqaroning murojaatlari tinglanib, asosan uy-joy, bandlik, tibbiy xizmatlardan foydalanish hamda aholini qiynayotgan boshqa ijtimoiy masalalar ko‘tarildi.
Shuningdek, fuqarolar tomonidan huquq-tartibot sohasiga oid bildirilgan murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonida shahar hokimi o‘rinbosarlari, shahar prokurori Feruz Artikov hamda shahar IIB boshlig‘i Sherzod Xolbo‘tayev ishtirok etdi.
Qabul davomida bildirilgan har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, mas‘ullar ishtirokida ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar belgilandi.



