Fuqarolar murojaatlari — e’tibor va amaliy yechim
2026-09-09 12:25:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yangiyer shahridagi Xalq qabulxonasida tasdiqlangan reja-jadval asosida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi. Jami 4 nafar fuqaroning murojaati ko‘rib chiqildi.
Murojaatlarning 2 tasi bolalar nafaqasini tayinlash, 1 tasi ichimlik suvi bosimining pastligi, yana 1 tasi maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish masalalariga oid bo‘ldi.
Har bir murojaat mas’ullar tomonidan alohida o‘rganilib, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi. Murojaatlarning ijrosi mas’ullar zimmasiga yuklatilib, nazoratga olindi.
