Saxsiy qabul o'tkazildi
2026-08-18 15:20:00 / Yangiliklar

Yangiyer shahar hokimining birinchi o‘rinbosari — shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i Sarvar Po‘latov tomonidan shahar Xalq qabulxonasi binosida fuqarolar bilan navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli mas’ullarga zarur topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni qonuniy va amaliy jihatdan hal etish, fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish hamda ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Qabul yakunlari bo‘yicha mas’ul mutasaddilarga berilgan topshiriqlarning ijrosini nazoratga olish belgilandi.
