Yangiyer mahallalarida "Eko posbonlar" loyihasi joriy etiladi
2026-07-17 15:15:00 / Yangiliklar

Yangiyer shahar hokimi Otabek Nosirovning yoshlar bilan o'tkazilgan navbatdagi uchrashuvida 30 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etib, bandlik, kasb-hunarga o'qitish hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
O'z navbatida mas'ullarga uyushmagan yoshlarni doimiy ish bilan ta'minlash maqsadida shahar hududida faoliyat yuritayotgan ishlab chiqarish korxonalarida mavjud bo'sh ish o'rinlari bilan tanishtirish hamda ishga joylashtirish choralarini ko'rish vazifasi yuklatildi.
Shuningdek, "Yangiobod" mahallasida istiqomat qiluvchi Jahongir Qudratov tomonidan "Eko posbonlar" loyihasi taqdim etildi. Mazkur tashabbus shahar hokimi tomonidan qo'llab-quvvatlanib, uni bosqichma-bosqich mahallalarda amaliyotga joriy etish taklif qilindi.
Loyihaning asosiy maqsadi — har bir mahallada faol va tashabbuskor yoshlarning atrof-muhit tozaligiga hissa qo'shishi hamda ekologik madaniyatni yuksaltirishdan iborat.


