Byudjet va mablag‘lar: ajratilgan pul qayerga va qanday sarflanadi?
2026-07-16 11:35:00 / Matbuot anjumanlari

Yangiyer shahar Savdo-sanoat palatasi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida "Byudjet va mablag‘lar: ajratilgan pul qayerga va qanday sarflanadi?" mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Anjumanda ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanadi. Shu sababli uning faoliyati davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilmaydi.
Palata faoliyatini moliyalashtirish asosan a’zolik badallari, pullik xizmatlardan tushadigan daromadlar hamda grant va xalqaro loyihalar doirasida jalb etilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
Mazkur mablag‘lar hududiy boshqarmalar va markaziy apparat faoliyatini ta’minlash, xodimlarning ish haqi va ijtimoiy to‘lovlarini moliyalashtirish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash dasturlarini amalga oshirish, biznes forumlari, ko‘rgazmalar va o‘quv seminarlarini tashkil etish, xorijiy hamkorlar bilan hamkorlik tadbirlarini o‘tkazish, binolarni saqlash va moddiy-texnik bazani mustahkamlash, shuningdek, axborot tizimlari hamda raqamlashtirish loyihalarini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Matbuot anjumanida Savdo-sanoat palatasi mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.


