Ajrim - yechim emas!
2026-07-15 17:10:00 / Yangiliklar

Tadbirda Sirdaryo viloyati Oila va xotin qizlar boshqarmasi mas'ul hodimi G.Mamatqulova, Oila maskani kordinatori L.Esonturdiyeva, Oila va xotin-qizlar bo‘limi, shahar IIB, FXDYO bo'limi, hamda jamoatchilik faollari ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida 6 nafar oilaning nizo sabablari o'rganilib ularning 4 nafari yarashtirildi 2 nafarining murosaga kelishlari uchun qo'shimcha vaqt berildi. Tadbir davomida oilaviy ajrimlarning kelib chiqish sabablari, ularning jamiyat va farzandlar tarbiyasiga salbiy ta’siri, oilalarda uchrayotgan nizolarni bartaraf etishning samarali mexanizmlari muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan oilaviy munosabatlarda sabr-toqat, o‘zaro hurmat, mas’uliyat va murosa madaniyatining ahamiyati haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, nizoli oilalar bilan individual ishlash, psixologik va huquqiy maslahatlar ko‘lamini kengaytirish, mahalla darajasida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida oilalarni mustahkamlash, ajrimlar sonini kamaytirish va farzandlarning manfaatlarini himoya qilish borasida hamkorlikdagi ishlarni yanada faollashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.
Mazkur tadbir oilalarda totuvlik va barqarorlikni ta’minlash, jamiyatda sog‘lom oilaviy muhitni shakllantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.






