O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlaridagi topshiriqlar ijrosi
2026-07-06 17:00:00 / Yangiliklar

Sirdaryo viloyatida 2026-yilning iyun oyi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning Farmon, qaror, farmoyish hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida, aniq va to‘laqonli amalga oshirilishini tashkil etish to‘g‘risida
Sirdaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning Farmon, qaror, farmoyish hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va to‘liq ijrosini ta’minlash yuzasidan tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil
10-fevraldagi PF–6166-sonli farmoni, 2021-yil 31-maydagi PQ–5132-sonli qarori va 2025-yil 25-iyuldagi PF-117–son farmonida belgilangan topshiriqlar asosida Sirdaryo viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon,qaror, farmoyish hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlari o‘z vaqtida ijroga qaratilib, to‘liq va sifatli bajarilishi qat’iy nazoratga olingan.
Tahlillarga ko‘ra, viloyat hokimligiga 2025-2026 yilning bugungi kuniga qadar “Ijro.gov.uz” tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1751 ta
(4 ta Qonon, 324 ta Farmon, 925 ta qaror, 39 ta farmoyish, 459 ta bayon) hujjatlarida 16055 ta topshiriqlar kelib tushgan.
Ushbu topshiriqlarni ijrosini o‘z vaqtida sifatli ta’minlash maqsadida har bitta hujjat bo‘yicha nazorat rejalari ishlab chiqilib, taalluqli boshqarma, tashkilotlarga hamda shahar, tuman hokimliklariga ijro uchun yuborilgan.
Bugungi kunda ushbu topshiriqlarning 14492 tasi bajarilgan, 2278 ta topshiriqlarni belgilangan muddatlarda ijrosini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.
Shu jumladan, joriy yilning iyun oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlaridagi topshiriqlarida viloyat hokimligi mas’ul bo‘lgan 332 tadan 330 tasi bajarilgan, hamda Vazirlar Mahkamasining 237 tadan 237 tasi bajarilgan.
Ta’kidlash lozimki, viloyat hokimligida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini “kunbay” tahlil qilib borish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Haftaning har dushanba kuni viloyat hokimi rahbarligida, haftaning juma kunlari hokimning birinchi o‘rinbosari huzurida ijro intizomi holati tanqidiy muhokama qilib kelinmoqda.
Topshiriqlar o‘z muddatlarida bajarilishini ta’minlash maqsadida har oyning 25-sanasida kelgusi oyda ijrosi belgilangan topshiriqlar ro‘yxati shakllantirilib, mas’ul viloyat hokimining o‘rinbosarlari, guruh va bo‘lim boshliqlariga, taalluqli boshqarma, tashkilotlar hamda shahar, tuman hokimliklariga yuborilmoqda.
Shundan kelib chiqib, mas’ul ijrochilar kesimida kalendar jadval va “yo‘l xaritalari” tasdiqlanib, shu asosida ish tashkil etilmoqda.
Tahlillar natijalari bo‘yicha, ijro intizomini ta’minlashda yo‘l qo‘yilgan tizimli kamchiliklar, ularning sabablari aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
O‘z navbatida, viloyat boshqarma va tashkilotlar hamda shahar, tumanlar hokimliklarida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosi bo‘yicha tasdiqlangan jadval asosida maqsadli va kompleks o‘rganishlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, 2026-yil davomida 6 ta boshqarma va 6 ta hokimliklarda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosi holati o‘rganilib, topshiriqlar ijrosini tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatildi.
O‘tkazilgan tahlillar, muhokamalar va o‘rganishlar natijalariga ko‘ra, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va to‘laqonli bajarmaslik va ijrosini kechiktirish holatlariga yo‘l qo‘yganligi uchun 1 nafar viloyat hokimining o‘rinbosari, 2 nafar kotibiyat mudirlari, 1 nafar tuman hokimi, 6 nafar tuman-shahar o‘rinbosarlari, jami 10 nafar shaxslarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rilgan.
Viloyat hokimligida “Ijro.gov.uz” elektron tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning Farmon, qaror, farmoyish hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida to‘lik va sifatli bajarilishini ta’minlashga qaratilgan aniq vazifalar belgilanib, topshiriqlar ijrosini ta’minlash choralari doimiy nazoratga olinadi.
