Sayyor qabul: muammolar yechimiga e’tibor
2026-06-27 12:10:00 / Yangiliklar

Bugun Yangiyer shahar hokimining o‘rinbosari Umid Abdullayev boshchiligida ijtimoiy soha rahbarlari ishtirokida "Navro‘zobod" mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan qator murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Xususan, uy-joylarni ta’mirlash, subsidiya asosida kredit ajratish, nafaqa tayinlash, elektr ta’minotini yaxshilash hamda ichimlik suvi tarmoqlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi.
Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida o‘rganilib, ularni qonunchilik doirasida hal etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. Shuningdek, ijrosi vaqt talab qiladigan masalalar nazoratga olinib, ularning yechimi yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Bunday sayyor qabullar aholi murojaatlarini joyida ko‘rib chiqish, muammoga amaliy yechim topish hamda fuqarolarning ishonchini yanada mustahkamlash imkonini bermoqda.






