Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashining 32-sessiyasi o‘tkazildi
2026-06-08 14:20:00 / Yangiliklar

Sessiya ishida deputatlar, shahar hokimining o‘rinbosarlari hamda tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, infratuzilmani yaxshilash va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan qator masalalar muhokama etildi.
Xususan:
1. Yangiyer shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ijrosi hamda hudud rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari;
2. Yangiyer shahar mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘ ajratish;
3. Yangiyer shahrida 2026-yilda jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” axborot portali orqali “Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi;
4. Yangiyer shahar hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi” mablag‘laridan foydalanish;
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PF–223-son Farmoni ijrosi yuzasidan 2026-yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobot ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ul rahbarlarning axborotlari tinglanib, deputatlar tomonidan qator savollar, taklif va mulohazalar bildirildi. Har bir masala atroflicha muhokama qilinib, tegishli tavsiyalar berildi hamda ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosini samarali tashkil etish va nazorat qilish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.






