Ijro tizimini raqamlashtirish
2026-06-04 12:25:00 / Yangiliklar

2026-yil 30-mart kuni qabul qilingan Prezidentning «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini raqamlashtirish va uning samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-50-son Farmoni ijro tizimidagi raqamlashtirish jarayonlarini yangi bosqichga olib chiqdi. Mazkur farmon davlat aktivlarini realizatsiya qilish, ayniqsa elektron onlayn-auksionlar orqali sotish tizimiga bir qator muhim o‘zgarishlarni kiritdi.
PF-50 bilan elektron onlayn-auksion tizimidagi asosiy o‘zgarishlar:
Mazkur farmonga muvofiq, davlat aktivlarini realizatsiya qilish jarayonlarini soddalashtirish va tezlashtirishga qaratilgan quyidagi muhim yangiliklar joriy etildi:
Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mulklarni realizatsiya qilish tartibi o‘zgardi;
2026-yil 1-iyuldan boshlab sud hujjatlari va boshqa organlar qarorlari asosida davlat daromadiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan:
avtomototransport vositalari;
ko‘chmas mulk obyektlari;
davlat ijrochisining qarori asosida bevosita Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tasarrufiga o‘tkaziladi.
Bu o‘zgarish avvalgi kabi bir necha bosqichli jarayonlarni qisqartirib, davlat aktivlarini elektron onlayn-auksionga chiqarishni tezlashtiradi.
Soliq qarzdorligi va muammoli kreditlar bo‘yicha yangi tartib:
PF-50 farmoniga muvofiq, soliq qarzdorligi va muammoli kreditlarni undirishda mol-mulklarni realizatsiya qilishning yangi mexanizmi joriy etildi.
Unga ko‘ra:
soliq qarzdorligi bo‘yicha mol-mulklarni xatlash va ko‘zdan kechirish — soliq organlari tomonidan;
garov bilan ta’minlangan kreditlar bo‘yicha mol-mulklarni xatlash va rasmiylashtirish — banklar vakolatli shaxslari tomonidan amalga oshiriladi.
Bu esa aktivlarni elektron onlayn-auksionlarga chiqarish jarayonini ancha tezlashtiradi va ortiqcha vaqt yo‘qotilishining oldini oladi.
Elektron onlayn-auksionlar roli yanada kuchaytirildi.
Yangi tartibga muvofiq:
ijro hujjatlari bo‘yicha mol-mulklarni sotish elektron onlayn-auksionlar orqali amalga oshiriladi;
davlat aktivlarini realizatsiya qilish jarayonlari raqamlashtiriladi;
mol-mulklarni sotish jarayonida inson omili kamaytiriladi;
aktivlarni sotish muddatlari qisqartiriladi.
Bu esa elektron onlayn-auksion tizimining davlat aktivlarini realizatsiya qilishdagi asosiy mexanizmga aylanib borayotganini ko‘rsatadi.
PF-50 farmonining elektron onlayn-auksionlar uchun afzalliklari:
Mazkur o‘zgarishlar natijasida:
davlat aktivlarini realizatsiya qilish tezlashadi;
elektron onlayn-auksionlar orqali ishtirokchilar soni oshadi;
aktivlar bozor narxida sotilishi ta’minlanadi;
tadbirkorlar uchun yangi investitsiya imkoniyatlari yaratiladi;
shaffoflik va ochiqlik ta’minlanadi;
davlat budjetiga tushumlar oshadi.
Ayniqsa, hududlarda joylashgan davlat aktivlarini investorlar va tadbirkorlarga taqdim etish imkoniyatlari yanada kengayishi kutilmoqda.
PF-50 farmoni bilan kiritilgan mazkur o‘zgarishlar elektron onlayn-auksionlar tizimining samaradorligini oshirish, davlat aktivlarini tezkor va shaffof realizatsiya qilish hamda iqtisodiy faollikni oshirishga xizmat qiladi.
“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ Sirdaryo viloyati hududiy
