Bandlik va ijtimoiy masalalar: Temur Malik mahallasida sayyor qabul
2026-05-08 15:30:00 / Yangiliklar

Yangiyer shahar hokimi Otabek Nosirov rahbarligida Temur Malik mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi. Unda hokimlik mas’ullari hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etib, 30 dan ortiq murojaatlar tinglandi. Murojaatlarning aksariyati ijtimoiy masalalar bilan bog‘liq ekani ma’lum bo‘ldi.
Xususan, moddiy yordam, tadbirkorlikni rivojlantirish, imtiyozli kreditlar ajratish hamda shahar hududidagi dolzarb masalalardan biri bo‘lgan chiqindi muammosi atroflicha muhokama qilindi.
Joyida hal etilgan murojaatlar tahliliga ko‘ra:
mahalla hududi chiqindi va begona o‘tlardan tozalandi;
ushbu mahallada istiqomat qiluvchi fuqaroning tajribasini oshirish hamda faoliyatini kengaytirish maqsadida uni kasbga yo‘naltirish masalasi hal etildi;
bandligi ta’minlanmagan yana bir fuqaroni Yoshlar ishlari agentligi shahar bo‘limiga ishga qabul qilish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi;
1 nafar fuqaroga moddiy yordam ko‘rsatildi;
o‘zini o‘zi band qilib, tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun 2 nafar fuqaroga imtiyozli kredit ajratish choralari belgilandi.
Qolgan muddat talab etivchi masalalar o'rganilib, ijrosini ta'minlash bo'yicha aniq vazifalar beligilab olindi.
Bugungi kunda mamlakatimizda muhtaram Prezidentimiz tomonidan kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash borasida keng imkoniyatlar yaratilmoqda. O‘z navbatida, fuqarolar ham mazkur imtiyoz va imkoniyatlardan unumli foydalanishga intilishi lozim! ,
— dedi shahar hokimi.









