Korrupsiya – taraqqiyotga to‘siq!
2026-04-22 16:00:00 / Yangiliklar

Mazkur shior ostida bugun Yangiyer shahar hokimi Otabek Nosirov rahbarligida korrupsiya masalasiga oid yig‘ilish muhokamasi o‘tkazildi. Unda hokimiyat mas’ullari hamda korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etib, korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb masalalari va bunday holatlarni oldini olish choralari atroflicha muhokama etildi. Yig‘ilish davomida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, aholining ishonchini mustahkamlash hamda tizimda halollik tamoyillarini kuchaytirish muhim vazifa ekani alohida ta’kidlandi.
Shuningdek mamlakatimiz hududida sodir etilib ijtimoiy tarmoqlarda yoritilayotgan korrupsiyaviy holatlar shahar hokimi tomonidan misol tariqasida keltirildi. Shu bilan birga, har bir rahbar o‘z faoliyatida qonun ustuvorligini ta’minlashi, mas’uliyatni chuqur his etishi va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishi zarurligi alohida qayd etildi.


