Sirdaryo delegatsiyasi Shenchjenda: istiqbolli loyihalar va yangi imkoniyatlar
2026-04-01 10:55:00 / Yangiliklar

Xitoy Xalq Respublikasida Sirdaryo viloyati delegatsiyasi ishtirokida o‘tkazilayotgan investisiyaviy forum doirasida viloyat hududida yangi loyihalarni amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar mavjud ekanligi alohida ta’kidlandi.
Xususan, Yangiyer shahar hokimi Otabek Nosirov tomonidan shahar hududida ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan maxsus sanoat zonasida yaratilgan zamonaviy infratuzilma, qulay investisiyaviy muhit hamda tadbirkorlar uchun taqdim etilayotgan imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, mehnat resurslarining salohiyati, iqtisodiy zonaning amaliy imkoniyatlari, mahsulotlarning tashqi bozorlarga chiqarilishi va eksport geografiyasini kengaytirish masalalari yuzasidan forum ishtirokchilari bilan atroflicha fikr almashildi.
Uchrashuv davomida mavjud savollariga aniq javob berilib, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishish imkoniyatlari muhokama qilindi.



