Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashining navbatdaga 25-sessiyasi boʻlib oʻtdi
2026-02-20 16:05:00 / Yangiliklar

Bugun, 20-fevral kuni Xalq deputatlari Yangiyer shahar kengashining navbatdagi 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida shahar hokimi Otabek Nosirov, Kengash raisi Jamoliddin Komilov, deputatlar, tashkilot va korxona rahbarlari hammada jamoatchilik faollari ishtirok etishdi.
Sesiya ishida quyidagi masalalar muhokama etildi:
1. Yangiyer shahar hokimining 2025 yildagi faoliyati hamda 2026 yilda amalga oshiriladigan eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risida;
2. Yangiyer shahar adliya bo‘limi tomonidan 2025 yilning 12 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti to‘g‘risida;
3. Shaharda madaniyat muassasalari holati hamda 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan shahar Madaniyat bo‘limi boshlig‘i A.Soliyevning hisoboti to‘g‘risida;
4. Yangiyer shahar hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy
barqarorlik jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida;
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil
11-oktyabrdagi 665-sonli qaroriga asosan Yangiyer shahridagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxat to‘g‘risida;
6. Shahar hokimligi qoshida ochilgan “Fuqarolar tashabbus jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida;
7. Yangiyer shahar mahalliy budjetining shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida;
8. Yangiyer shahar hokimining 2026-yil 17-fevraldagi 25-9-132-Q/26-sonli qarorini tasdiqlash to‘g‘risida;
9. Yoshlarga oid ishlash tizimini tubdan takomillashtirish yuzasidan shahar Bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori J.O‘rinbayevning hisoboti.
Kun tartibiga kiritilgan birinchi masala yuzasidan shahar hokimi Otabek Nosirovning bergan qisqacha ma’lumotiga ko‘ra Yangiyer shahrida 2025-yil yakunlari bo‘yicha Ijtiomiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha:
Sanoat ko‘rsatkichlari 2025 yil yanvar-dekabr oylarida 1887,9 mlrd so‘mni, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 115,8 foizni;
Qurilish sohasi bo‘yicha 2025 yil yanvar-dekabr oylarida 664,8 mlrd so‘m hajm ko‘rsatib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 116,1 foizni;.
Xizmatlar sohasi bo‘yicha 2025 yil yanvar-dekabr oylarida 664 807,3 mln so‘m hajm ko‘rsatib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 116,1 foizni;
Qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha 2025 yil yanvar-dekabr oylarida
75,9 mlrd so‘m hajm ko‘rsatib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan
108,3 foizni;
Chakana savdo aylanmasi 2025 yil yanvar-dekabr oylarida 681,2 mlrd so‘mni, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 112,3 foizni;
Tashqi savdo aylanmasining 2025 yil yanvar-dekabr oylarida
169,8 mln Aqsh dollorni tashkil etib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 107,3 foizni tashkil etadi.
Bunda: Eksport 71,3 mln aqsh dollor bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan
101,7 foiz, import 98,5 mln aqsh dollor bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan
111,7 foizni tashkil etishi aniqlandi.
Aholi bandligi ta’minlash bo‘yicha
- 2025 yil yakuni bilan 7657 nafar aholi daromadli mehnat bilan bandligi ta’minlanib, yillik reja 101 foizga bajarildi (reja 7592 nafar). Xususan,
- investisiya loyihalari hisobiga 1702 nafar yoki 101 foiz (reja 1692 nafar);
- tijorat banklari hisobiga 5390 nafar yoki 101 foiz (5339 nafar);
- qurilish yo‘nalishida 565 nafar yoki 100 foizga ta’minlandi (561 nafar).
Aholi bandligi va daromadini oshirishga quyidagilar hisobiga erishildi.
“Sayxunobod” tajribasi bo‘yicha 639 ta mikro-loyihalar ishga tushirilib, 1230 nafar aholining daromadi oshirildi;
- 120 ta xonadonlarga yiliga 60-70 mln so‘mlik kafolatli daromad keltiradigan 5.2 mlrd so‘mlik “loyiha paketlari” taqdim etildi.
- tijorat banklari tomonidan jami 40 mlrd.so‘m kredit ajratilishi natijasida 5390 dan ortiq ish o‘rinlari tashkil etildi.
- Dasturlar doirasida 30 mlrd.so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi.
- Ishsiz va daromadini oshirish istagida bo‘lgan 310 nafar fuqarolar kasb-hunarga o‘qitildi.
Natijada, 2025 yil yakuni bilan ishsizlik darajasi 4,1 foizga (783 nafar) tushdi (2025 yil boshida 5,7 foiz, ya’ni 1085 nafarni tashkil etishi ma’lum bo‘ldi.
Kengash sessiyasida muhokama etilgan qolgan mavzular yuzasidan xisobotchilar tomonidan sohalar kesimida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek Yangiyer shahar madaniyat bo‘limi rahbari A.Saliyev ga Madaniyat bo‘limi faoliyatiga doir aniqlangan xato va kamchiliklarni bir hafta ichida bartaraf etish choralarini ko‘rish vazifasi belgilab berildi.





