Antikorrupsiya masalasi muhokama markazida
2025-12-26 10:50:00 / Yangiliklar
Yangiyer shahar hokimi Otabek Nosirov rahbarligida “Yangiyer — korrupsiyadan holi hudud” mavzusida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahalla yetakchilari hamda faollar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida shahar hokimi mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, bu yo‘nalishda qabul qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlarning mazmun-mohiyati, bugungi kunda uchrayotgan maishiy korrupsiya ko‘rinishlari hamda ularning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Shuningdek, Yangiyer shahrida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar va ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.



