“Ombudsman maktabi” Yangibozorda!
2026-10-22 14:55:00 / Yangiliklar

📌Yangibozor tumani Yoshlar markazida “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida davra suhbati tashkil etildi.
✅Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Xorazm viloyati bo‘yicha mintaqaviy vakili O. Ollayorov, hamkor tashkilotlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, fuqarolarga yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar, shuningdek, kiberjinoyatlarning oldini olish masalalari haqida so‘z yuritildi.
Tadbir yakunida Ombudsmanning Xorazm viloyati bo‘yicha mintaqaviy vakili tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazilib, aholini qiynayotgan masalalar o‘rganildi.






