Ochiq muloqot
2026-10-22 13:00:00 / Yangiliklar

Yangibozorda yoshlar bilan ochiq muloqot: bandlik, tadbirkorlik va yangi imkoniyatlar
Yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, ularni band qilish va tadbirkorlikka keng jalb etish — davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir. Yangibozor tumanida Xorazm viloyati soliq boshqarmasi boshligʻi hamda tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi.
Muloqotda asosiy eʼtibor qaratilgan masalalar:
▫️Yoshlar bandligini taʼminlash va oliygoh bitiruvchilarini ishga joylashtirish;
▫️Oʻz biznesini boshlash istagidagi yoshlarga soliq qonunchiligidagi imtiyoz va yengilliklarni tushuntirish;
▫️ Imtiyozli kreditlar ajratish, tadbirkorlik uchun joy va ajratmalar masalasi;
▫️ Kasbiy qayta tayyorlash boʻyicha murojaatlar.
Uchrashuv davomida yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan oʻz takliflarini bildirishdi.
Uchrashuv yakunida bildirilgan barcha murojaatlarni atroflicha oʻrganish va ularni qisqa muddatlarda hal etish boʻyicha masʼul tashkilot rahbarlariga aniq vazifalar yuklatildi.





