💻 Mahallalarda va ta’lim muassasalarida “IT savodxonlik hamda robototexnika kuni” tadbirlari o‘tkazildi.
2026-07-03 15:55:00 / Yangiliklar

💻 Mahallalarda va ta’lim muassasalarida “IT savodxonlik hamda robototexnika kuni” tadbirlari o‘tkazildi.
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tumanimizdagi mahallalar hamda ta’lim muassasalarida “IT savodxonlik hamda robototexnika kuni” munosabati bilan qator tadbirlar tashkil etildi.
Tadbirlar davomida o‘quvchi-yoshlarning axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishini oshirish, zamonaviy raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda robototexnika yo‘nalishidagi bilim va salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar, mahorat darslari va ko‘rgazmalar o‘tkazildi.
Ishtirokchilar robototexnika qurilmalari bilan ishlash, dasturlash asoslari hamda innovatsion texnologiyalar bo‘yicha o‘z bilim va tajribalarini namoyish etdilar.
@yangibozor_hokimligi





