🟢YANGIBOZOR TUMANIDA MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIGA PRESS-TUR TASHKIL ETILDI
2026-05-26 10:55:00 / Yangiliklar

💬 Bugun Yangibozor tumani hokimligi hamkorligida tumandagi 6-son hamda 29-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida press-tur tashkil etildi. Tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar, blogerlar hamda soha mutasaddilari ishtirok etdi.
Press-tur davomida ishtirokchilar maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, muassasalarda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonidagi innovatsion yondashuvlar hamda bolalarning har tomonlama kamol topishi uchun olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
Xususan, 6-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi uchun yaratilgan qulay muhit, zamonaviy jihozlangan xonalar, tarbiyaviy mashg‘ulotlar hamda bolajonlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan ishlanmalar namoyish etildi. Mehmonlar muassasadagi ta’lim jarayonlari bilan yaqindan tanishib, tarbiyalanuvchilarning ijodiy chiqishlarini ham kuzatdilar.
Shuningdek, Yangibozor tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 29-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati ham mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Mazkur muassasa 2023-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Tashkilot 60 o‘rinli bo‘lib, 4 ta guruh asosida faoliyat olib bormoqda. Hozirgi kunda bu yerda 119 nafar tarbiyalanuvchi ta’lim-tarbiya olmoqda.
Muassasada bolajonlarni kasbga yo‘naltirish maqsadida turli to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, savat to‘qish, tikuvchilik, to‘quvchilik, quruvchilik, musiqa hamda “Turon kichkintoylari” teatr to‘garaklarida tarbiyalanuvchilar faol ishtirok etmoqda.
Tadbir davomida muassasalarda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar, istiqboldagi rejalar hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan loyihalar haqida ham batafsil ma’lumotlar berildi.
➡️Press-tur yakunida OAV vakillari va blogerlar uchun mas’ullar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
✅Telegram
📹Youtube
✅Facebook
🌐 Instagram





