Qurbon hayiti munosabati bilan mamlakatimizda ko‘plab ezgu va xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.
2026-05-26 13:55:00 / Yangiliklar
Xususan, Yangibozor tumanida ham “Vaqf” xayriya jamoat fondi mablag‘lari hisobidan og‘ir xastalikka chalingan bemorlarni davolash uchun amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.

Qurbon hayiti munosabati bilan mamlakatimizda ko‘plab ezgu va xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Yangibozor tumanida ham “Vaqf” xayriya jamoat fondi mablag‘lari hisobidan og‘ir xastalikka chalingan bemorlarni davolash uchun amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.
Tuman hokimligi, tuman tibbiyot birlashmasi hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari shifoga muhtoj fuqarolar holidan xabar olib, ularga davolanish uchun zarur yo‘llanma va vaucherlarni topshirdilar.
Eng muhimi, bu kabi ezgu tashabbuslar orqali insonga e’tibor, mehr va saxovat kabi milliy qadriyatlarimiz yana bir bor o‘zining yuksak ifodasini topmoqda.
@yangibozor_hokimligi




