So‘zining avvalida davlatimiz rahbari fidokorona va mashaqqatli mehnati bilan noz-ne’mat yetishtirib, el dasturxoniga qut-baraka olib kirayotgan barcha dehqon, fermer, bog‘bon, chorvador, suvchi, agronom va mexanizatorlarga o‘zining chuqur hurmat-ehtiromi
2025-12-10 15:30:00 / Yangiliklar

Uch yilda 155 ming gektar bog‘ va uzumzor barpo etildi, intensiv bog‘lar 150 ming gektarga yetkazildi.
Joriy yilda 3,4 million tonna meva, 2 million tonna uzum, 19,5 million tonna sabzavot, poliz va kartoshka, 1 million tonna dukkakli va moyli ekinlar yetishtirilgani bu fikrlarning tasdig‘idir.
Eng muhimi, shularning hisobidan ichki bozorda narxlarni barqaror ushlab turish bilan birga qishloq xo‘jaligi to‘qimachilikdan keyingi eng ko‘p valyuta olib kelayotgan sohaga aylandi.
Yil boshidan oziq-ovqat eksporti 37 foizga o‘sib, 3 milliard dollarga yetdi, yil yakuni bilan bu ko‘rsatkich ilk bor 3,2 milliard dollardan oshadi.
Meva-sabzavotlarimiz kirib borgan davlatlar soni 18 taga ko‘payib, 83 taga yetdi. Quritilgan olxo‘ri va o‘rik eksporti bo‘yicha dunyoda 3-o‘ringa, shaftoli va mayizda 7-, gilosda 8-, uzumda 13-o‘ringa chiqildi.

