YaKKABOG‘ FAXRI – ELShODBEK TOShTEMIROV XALQARO MUSOBAQADA YeTAKChI!
2025-10-10 10:45:00 / Yangiliklar
Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan III Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi o‘yinlarida voleybol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, bronza medallariga ega bo‘ldi.
Bu yuksak natija yurtimiz sportining izchil rivojlanayotgani, sportchilarimizning mehnatsevarligi va qat'iyatining yorqin namunasidir.
Quvonarli jihati shundaki, milliy terma jamoa safida yakkabog‘lik Elshodbek Toshtemirov ham asosiy tarkibda maydonga tushib, jamoaning g‘alabalariga munosib hissa qo‘shdi hamda xalqaro musobaqada yetuk mahorat va yetakchilik qobiliyatini namoyon etdi.
Yakkabog‘ tumani hokimligi Elshodbek Toshtemirovni va barcha terma jamoa a'zolarini mazkur muvaffaqiyat bilan chin dildan muborakbod etadi.
Sizlarga kelgusi musobaqalarda ham yangi yutuqlar, zafarli g‘alabalar va yuksak natijalar tilaymiz.
Yurtimiz, jumladan Yakkabog‘ sporti sharafini xalqaro arenalarda yanada yuksaltirishingizga ishonamiz!
Yakkabog‘ tumani hokimligi

