
Sport

Yakkabog‘ tumani sport maktabida mahalla yoshlari o‘rtasida “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada 18–22 yosh oralig‘idagi, mahallalarda yashovchi 1300 dan ortiq yoshlar ro‘yxatdan o‘tib, kuch va mahoratini sinovdan o‘tkazdi.
Ular turli shartlar — turnikda tortilish, orqaga yotgan holda tanani ko‘tarish, o‘quv qo‘l granatasini uzoqqa uloqtirish, qisqa va uzoq masofalarga yugurish, AK-74 avtomatini qismlarga ajratish va yig‘ish, merganlik bo‘yicha bellashishdi.
Yakunda “Sherozi” mahallasi jamoasi 1-o‘rinni, yana bir “Sherozi” mahallasi jamoasi 2-o‘rinni, “Navro‘z” mahallasi jamoasi esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. “Sherozi” mahallasi yoshlari eng kuchli va shijoatli jamoa deb e’tirof etilib, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Musobaqa g‘oliblari tumandagi rahbarlar — hokimlik, mudofaa bo‘limi, sport maktabi va Yoshlar ishlari bo‘limi vakillari ishtirokida o‘tkazilgan taqdirlash marosimida diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


