Sport — yoshlar salohiyatini yuzaga chiqaradi
2025-05-23 20:05:00 / Yangiliklar
DXX KUBOGI

Bugungi kunda mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, ularning iqtidori va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi va mustaqil hayotga qadam qo‘yishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Xususan, uyushmagan yoshlar va mahalla yoshlari bilan ishlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sportga jalb qilish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvardagi va 11 apreldagi qarorlari asosida, mahallalarda “Tashabbusimiz, iqtidorimiz, kuch-qudratimiz — Vatan uchun!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbirlar va sport musobaqalari tashkil etilmoqda.
Sport yoshlarni jismonan sog‘lom va ma’nan yetuk qilib tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi.
Ayniqsa, Davlat xavfsizlik xizmati tashabbusi bilan 2021 yildan buyon futbol va mini-futbol turlari bo‘yicha DXX raisi kubogi musobaqalari an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinmoqda.
2025 yilgi DXX raisi kubogi uchun Yakkabog‘ tumani bosqichi yakunlandi va quyidagi jamoalar g‘olib deb topildi:
“Sovuqbuloq” mahallasi futbol bo‘yicha 1-o‘rinni egallab, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Mini futbol bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida “Chumich” mahallasi yoshlari 1-o‘rinni egalladi.
Qizlar o‘rtasidagi mini futbol o‘yinida “Shirozi” mahallasi yoshlari 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
Bu yutuqlar yoshlarimizning sportga bo‘lgan qiziqishi, jamoaviylik tuyg‘usi va Vatanga sadoqatini namoyon etmoqda.
G‘olib jamoalarga viloyat va respublika bosqichlarida omad va zafarlar tilaymiz!
