Yakkabog‘ tumanida fuqarolar qabullari davom etmoqda
2026-10-06 14:05:00 / Yangiliklar
Yakkabog‘ tumanida fuqarolar qabullari davom etmoqda

Yakkabog‘ tumanida tuman hokimining o‘rinbosarlari tomonidan haftaning har bir kunida fuqarolar qabullari tashkil etilib, aholi murojaatlari o‘rganilmoqda.
Qabullar davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, masalalarning mazmunidan kelib chiqib, tegishli tavsiya hamda tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar nazoratga olindi.
Bunday qabullar aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida hal etish hamda ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

