
Mahalla

Yurtimiz bo‘ylab mahalla raislari saylovi Yakkabogʼ tumanida ham yuqori saviyada davom etmoqda. Tumanning “Choydari” mahallasida tashkil etilgan saylov tadbiri aholi faolligi, oshkoralik va adolatlilik tamoyillari asosida o‘tkazildi.
🗳Mahalla ahli o‘zlarining eng munosib deb bilgan nomzodiga ovoz berish orqali mahallaning kelajakdagi taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy rivoji va fuqarolar farovonligiga xizmat qiladigan yetakchini tanladilar. Saylov jarayonida barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratildi, fuqarolar uchun qulay muhit ta’minlandi.
Saylov yakunlariga ko‘ra, “Choydari” mahallasida fidokorona mehnati, odilona yondashuvi va jamoatchilik orasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan munosib nomzod mahalla raisi etib saylandi.
✅Mazkur saylov mahallalarda o‘z-o‘zini boshqarish tizimini yanada mustahkamlash, fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirish va mahallalarning roli va ahamiyatini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

