
Islohot

Yakkabog‘ tumanida qurilish va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
Yakkabog‘ tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari mas’ullar tomonidan o‘rganilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi Abror Aripov hamda Ichki ishlar vazirligi boshqarma boshlig‘i Umid Nurakbayev boshchiligidagi ishchi guruh tumanga tashrif buyurdi.
Tashrif chog‘ida “Yangi O‘zbekiston” massivida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Jumladan, bolalar o‘yingohlari, “Yashil makon” umumxalq loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ko‘kalamzorlashtirish ishlari va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlar bilan tanishildi.
Mas’ullar qurilish sifati, hududni obodonlashtirish ishlari va loyihalarning amaldagi holati yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, tegishli mutasaddilarga zarur tavsiya va topshiriqlarni berdi.

