Hokim va yoshlar uchrashuvi
2025-07-18 13:10:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida yoshlarga so‘z berilib, ular o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, muammolar va takliflarini erkin bayon qilishdi.
Yoshlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar asosan:
• bandlik va ishga joylashish,
• tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash,
• ta’lim va kasb-hunar o‘rganish,
• sport infratuzilmasini yaxshilash kabi yo‘nalishlarni qamrab oldi.
Uchrashuv natijasida koʼplab yoshning muammolari joyida hal etildi. Qolgan murojaatlar bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.
Bunday uchrashuvlar yoshlar bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammolarini joyida aniqlab, tezkor yechim topish imkonini beradi.


