XONOBOD SHAHAR HOKIMI VA O‘RINBOSARLARINING SHAXSIY QABULLARI
2026-11-16 09:05:00 / Yangiliklar

Xonobod shahrida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi
Xonobod shahrida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida aholi daromadlarini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ishsiz fuqarolarni doimiy bandlikka jalb etish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mavjud muammolar tahlil qilinib, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va har bir mahallada manzilli ishlarni tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Asosiy maqsad — aholi turmush farovonligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish va fuqarolar uchun munosib daromad manbalarini yaratish.
Hurmatli Xonobod shahar aholisi!
✍️Fuqarolarning murojaatlari, muammo va takliflarini o‘rganish hamda ularni qonuniy tartibda hal etish maqsadida Xonobod shahar hokimi va o‘rinbosarlarining shaxsiy qabullari muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
➡️Qabul manzili: Xonobod shahridagi Xalq qabulxonasi.
➡️Qabul kunlari va vaqtlari bilan yuqoridagi jadval orqali tanishishingiz mumkin.
Bizning sahifalarimiz:
Web | Telegram | Instagram
